1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Gulnora Karimova “o‘g‘irlagan” aktivlar O‘zbekistonga qaytarib beriladi

Bugun Adliya vazirligi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasida bitim imzolandi.

Gulnora Karimova “o‘g‘irlagan” aktivlar O‘zbekistonga qaytarib beriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2022-yil 16-avgustda Bern shahrida (Shveysariya) O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasidagi Shveysariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo‘llari to‘g‘risida”gi bitim imzolanganligini maʼlum qiladi.

 

Bitimni O‘zbekiston Respublikasi nomidan Аdliya vaziri R.Davletov va Shveysariya nomidan ushbu mamlakatning Prezidenti I.Kassis imzoladi.

 

Bitimni imzolash marosimida, shuningdek BMT vakillari, xususan, BMTning Ko‘p-sheriklik trast jamg‘armasi ofisi ijrochi koordinatori Dj.Topping ishtirok etdi.

 

Bitimning imzolanishi ilgari G.Karimova boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravishda orttirilgan va Shveysariyada legallashtirilgan 131 mln AQSH dollarining Shveysariya tomonidan O‘zbekiston xalqiga darhol qaytarilishini anglatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика