1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

G‘ulomjon Yoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Sanʼatkor 75 yoshida yubiley konsert berdi.

G‘ulomjon Yoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida xonanda, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovning tavallud sanasi munosabati bilan katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

 

Musiqiy oqshomda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubovni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonini Prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov o‘qib eshittirdi.

 

Unga ko‘ra, G‘ulomjon Yoqubov milliy qo‘shiqchilik sanʼatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

 

Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva mukofotni sanʼatkorga topshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика