1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Guterrish G‘arbdan Rossiya oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘rayapti

Shu munosabat bilan qator davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Guterrish G‘arbdan Rossiya oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘rayapti

 

BMT Bosh kotibi AQSH, YEI va Buyuk Britaniya bilan Rossiya o‘g‘it hamda oziq-ovqat mahsulotlariga qarshi cheklovlarni olib tashlash bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Bosh kotib rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.

 

U noyabrda muddati tugaydigan “g‘alla kelishuvi”ning butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega ekanini aytgan. Istanbulda imzolangan ushbu shartnomaga muvofiq Ukraina donini eksport qilish tiklandi. Buning evaziga Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlarini jahon bozoriga chiqarishga ruxsat berilishi kerak edi.

 

Kelishuv natijasida Ukrainadan 7 million tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика