"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLda mavsumning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Gvardiola qo‘l ostida "Manchester Siti" so‘nggi uchta o‘yinda APL chempionligini qo‘lga kiritdi va mavsumni ikkinchi o‘rindagi “Arsenal”dan 5 ochko oldinda yakunladi. Joriy mavsumda 38 ta o‘yinda jamoa 28 ta g‘alaba qozonib, 94 ta gol urdi, bu Yevropa top ligalaridagi barcha jamoalarnikidan ko‘p hisoblanadi.
"Yil murabbiyi deb topilishimda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Avvalo, men buni nomzodlarim bilan baham ko‘rmoqchiman. Ularning barchasi joriy mavsumda ajoyib ish qilishdi. Odatda bu kubok siz qanchalik yaxshi murabbiy ekanligingiz uchun emas, balki g‘alaba qozonganingiz uchun beriladi. Men ham barcha futbolchilarga joriy mavsumda ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", - dedi Gvardiola.


