"Eagle FC" ligasi prezidenti Shamil Zavurov Habib Nurmagomedov 22 oktabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 294 turnirida Islom Maxachev va Charlz Oliveyra o'rtasidagi jangda ishtirok etishini aytdi.
“Habib doim Islomning yonida bo'ladi. U o'zining kerakli maslahatlarini beradi. Biz hammamiz Islomni qo‘llab-quvvatlaymiz”, —
dedi Zavurov.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi birinchi jang 2022-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan va jang ikkinchi raundda rossiyalik sportchining g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Fevral oyida UFC 284 da Maxachev o'zining birinchi himoyasini o'tkazib, yengil vazn toifasida amaldagi chempion avstraliyalik Aleks Volkanovskini ham mag'lub etgandi.


