HAMAS harakati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali AQSh fuqarosi, ikki fuqarolikka ega bo‘lgan Eden Aleksandrni ozod qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishicha, bu qaror AQSh ma’muriyati bilan olib borilgan muzokaralar va maslahatlashuvlar natijasida qabul qilingan. Eden Aleksandrning ozod qilinishi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar doirasida ko‘rilmoqda.
HAMAS ayni paytda garovga olingan shaxsning aniq qachon ozod qilinishini ochiqlamagan. Biroq harakat G‘azo bo‘yicha shoshilinch muzokaralarni boshlashga tayyor ekanini bildirgan hamda G‘azodagi janglarni to‘xtatish va isroillik garovdagilarni falastinlik mahbuslarga almashtirish bo‘yicha faol harakat qilishga tayyorligini ta’kidlagan.


