1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Hamma o‘ziga javob berishi kerak”

Zelenskiy Germaniyani tanqid qildi.

“Hamma o‘ziga javob berishi kerak”

 

Germaniya Kiyevga tank va boshqa zirhli texnika yetkazib berishni istamaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bild gazetasiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

"Agar bizga tank berishni istamasangiz, biz xafa bo‘lmaymiz, siz mustaqil davlatsiz. Ammo iltimos, avval Amerika, keyin Germaniya, keyin Polsha demang. Kerak emas. Hamma o‘ziga javob berishi kerak", — degan u.

 

Berlin avgust oyida Ukrainaga qurol yetkazib berishda muammoga duch kelganini maʼlum qilgan. Sentyabr oyida Germaniya qurolli kuchlari ittifoqi buni tasdiqladi. Hozirgi kunda germaniyaliklar Kiyevga MARS yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlarini, o‘ziyurar Panzerhaubitze 2000 gaubitsalarini hamda Gepard zenit tizimlarini yetkazib bergan.

 

Shu bilan birga Bundesver boshqa davlatlar qo‘llab-quvvatlamasa, Ukrainaga tank yetkazib bermasligini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Olaf Shols Germaniyaga o‘ta zamonaviy qurollar yetkazib berishga vaʼda bergandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика