Vengriya Rossiya bilan qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda mamlakat hukumati rasmiy vakili Zoltan Kovach maʼlum qildi.
"Gazprom" bilan tuzilgan yangi shartnomaga binoan, 1 sentyabrdan kuniga qo‘shimcha 5.8 million kubometr gaz import qilinadi.
Vengriya TIV rahbari Peter Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv 2 oyga tuzilgan. Gaz esa Serbiya orqali yetkazib beriladi.
O‘tgan yili Budapesht Moskva bilan uzoq muddatli gaz kelishuviga erishgandi.
Vengriyaning Rossiya gaziga qaramligi kuchli. U Yevroittifoqdagi Moskva energoresurslarining embargosiga qarshi turgan asosiy davlat sanaladi.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban RFga qarshi sanksiyalar siyosatidan voz kechishga chaqirgandi.


