Serbiya prezidenti Vuchich Rossiya gaz quvuridagi portlashlar bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.
Uning fikricha, dunyoda buni kim qilganini bilmaydigan siyosatchi yo‘q, lekin hamma o‘zidan “jinni” yasab olgan.
“Mamlakatimiz manfaatlariga ziyon yetkazmaslik uchun jim turibmiz. Lekin nima qilish kerak, bu ikkiyuzlamachilik hamma joyda”, — deydi Vuchich.
Eslatib o‘tamiz, hujumlar 26-sentyabr kuni birdaniga Rossiyaning Yevropaga eksport qiluvchi ikkita gaz quvuri – “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim - 2”ga uyushtirilgandi.


