1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Har 36 soniyada 1 kishi o‘lishi kutilmoqda”

BMT dunyoni ocharchilik xavfidan ogohlantirdi.

“Har 36 soniyada 1 kishi o‘lishi kutilmoqda”

 


Iqlim o‘zgarishi, energiya inqirozi, oziq-ovqat va o‘g‘it narxlarining ko‘tarilishi sharoitida bu yil ocharchilik rekord darajaga yetdi. Bu haqda “Euronews” yozmoqda.

 

Jahon oziq-ovqat dasturiga ko‘ra, yil boshidan buyon dunyoda ochlikdan aziyat chekayotgan odamlar soni 63 millionga oshib, 345 million kishiga yetgan.

 

BMT ekspertlarining fikricha, keyingi 3 oy ichida to‘yib ovqatlanmaslik Somali aholisining kamida 41 foizini qamrab oladi. 16-oktyabrda nishonlanadigan Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan tashkilot vakillari e’tiborni qiyin ahvolda bo‘lgan mintaqaga qaratishga harakat qilmoqda.

 

Somali o‘tgan noyabr oyidan beri kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda, bu milliondan ortiq fuqaroga ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, o‘tkir ocharchilik mamlakatning janubiy va markaziy hududlariga tahdid solmoqda. Ichki ko‘chirilganlar uchun lagerlarda toza suv yetishmasligi vabo va qizamiq tarqalishi xavfi oshgan.

 

Sharqiy Afrikada har 36 soniyada 1 kishi ochlikdan o‘lishi kutilmoqda. Somalidan tashqari Keniya, Efiopiya, Janubiy Sudan va boshqa mamlakatlarda ham vaziyat yomonlashmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика