1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil etiladi — Prezident

Ayni paytda davlatimiz rahbari raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil etiladi — Prezident

 

Ushbu klasterlarda xom ashyodan tortib tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish zanjiri, loyihalashtirish, zamonaviy texnika va malakali mutaxassislari bor qurilish tashkiloti, sifatni nazorat qilish laboratoriyasi bo‘lishi shart.

 

Kelgusi yilda uy-joy qurilish klasterlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million dollar resurs jalb qilishga ko‘rsatma berildi.

 

Shuningdek, mavjud xom ashyo yoki yirik korxonalar atrofida qurilish materiallari klasterlarini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

 

Forish, Sariosiyo, Buloqboshi, Qorovulbozor, Paxtachi, Chust, O‘zbekiston, Ohangaron va boshqa tumanlarda yangi tashkil etiladigan klasterlar infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.

 

Kelgusi yilda qurilish materiallariga ixtisoslashgan 24 ta tumanda geologiya ishlarini o‘tkazishga 100 milliard so‘m ajratiladi.

 

Videoselektor yig‘ilishida zamonaviy materiallarni ishlatish hisobiga qurilish muddatini 30 foizga, tannarxni esa 20 foizga kamaytirish mumkinligi taʼkidlandi.

 

"Lekin, mamlakatimizdagi qurilishlarda zamonaviy qurilish materiallarini ishlatish 25 foizga ham yetmaydi", — dedi Prezidentimiz.

 

Shu munosabat bilan kelgusi yilda qurilayotgan loyihalarning kamida 50 foizida zamonaviy mahsulotlar ishlatilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Mutasaddilarga qurilish xarajatlarini kamaytiradigan va energiya tejamkor yangi materiallarni shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritishga topshiriq berildi.

 

Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlarini transformatsiya qilish bo‘yicha qarorlar loyihasini kiritish topshirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика