Joriy yilning 27–29-iyun kunlari Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiya Boku Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo mamlakatlar turizm vazirlari Islom konferensiyasining XI sessiyasida qatnashdi.
Tadbirda IHT davlatlari turizm vazirliklari va turizm boshqarmalari rahbarlari, shuningdek, IHT institut va tuzilmalari rahbarlari, xususan, IHT Bosh kotibi Brahim Hisseyn Taha va Tashkilotga aʼzo mamlakatlar delegatsiyalari ishtirok etdi.
Konferensiya Islom turizmini rivojlantirish bo‘yicha Strategik yo‘l xaritasi, turizm investitsiya loyihalarini amalga oshirish, pandemiyadan keyingi davrda sohani tiklash, islom madaniyati va merosini targ‘ib qilish, sayyohlik ko‘rgazmalarini o‘tkazish va shu kabi mavzular muhokamasiga bag’ishlandi.
Xususan, Xiva shahri 2024-yildagi islom dunyosining turizm poytaxti deb eʼlon qilindi. Shu yili Xiva shahrida Turizm vazirlarining XII Islom konferensiyasini tashkil qilish va har yili O‘zbekistonda “Islom olamida turizm haftaligi”ni o‘tkazishga kelishib olindi.
Bundan tashqari, “Boku deklaratsiyasi” va “IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha rezolyutsiya” ham qabul qilindi.


