1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati natijalari eʼlon qilindi

Ayollar o‘rtasida yarim final bellashuvlarining  jang natijalariga ko‘ra,  bir nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi, uch nafari esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati natijalari eʼlon qilindi

 

 

Qayd etilishicha, 51 kg vaznda hamyurtimiz Aziza Yoqubova — rossiyalik Yekaterina Palseva bilan, 60 kg vazn toifasida Rayhona Qodirova braziliyalik Beatris Ferreyra bilan jangga chiqadi. Shuningdek, 69 kg vazn bilan Navbahor Hamidova va 75 kg vaznda esa Mavluda Mavlonovalar o‘z raqiblariga qarshi kurash olib boradi.

 

 Ayni vaqtda harbiylar o‘rtasidagi JCHda bugun uch nafar o‘zbek bokschisi final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

 

Moskva shahrida  bo‘lib o‘tayotgan harbiy bokschilar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun musobaqa doirasida erkaklar o‘rtasida yarim final bahslari o‘tkaziladi. Bunda ham uch nafar o‘zbek bokschisi ringga ko‘tariladi. Ular Shunqor Abdurasulov,  Mujibillo Tursunov va  Lazizbek Mullajonovdir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  bokschilarimiz MDH o‘yinlariga yo‘l olgani hamda boks bo‘yicha jahon chempionatlarida vazn toifalari ko‘paytirilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика