Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov yana bir bor yuksak natijaga erishdi. U Dubay shahrida o‘tayotgan jahon chempionati final jangida rossiyalik bokschi Bair Batlayevga qarshi ringga chiqdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahsda hakamlar qaroriga ko‘ra, Hasanboy Do‘smatov 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natija unga navbatdagi jahon chempionligi unvonini taqdim etdi.
Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov faoliyatida ikkinchi bor boks bo‘yicha jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi. Uning bu yutug‘i O‘zbekiston boksining xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor mustahkamladi.


