1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatining “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini 9 ta medal bilan yakunladi.

Hasanboy Do‘smatov jahon chempionatining “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi

 


Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha IBA jahon chempionati yakunlandi. Musobaqada dunyoning 108 ta davlatidan 428 nafar sportchi ishtirok etdi. Nufuzli turnir yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” deb e’tirof etildi.


51 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov musobaqa davomida yuqori texnika va barqaror janglari bilan ajralib turdi. Shuningdek, chempionatda Asadxuja Mo‘ydinxujayev oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, AbduMalik Xaloqov, Javohir Ummataliev, To‘rabek Habibullaev va Arman Mahanov kumush, Asilbek Jalilov, Xo‘janazar Nortojiyev hamda Fazliddin Erkinboev bronza medallari bilan taqdirlandi.


Umumjamoa hisobida Rossiya terma jamoasi 7 ta oltin medal bilan birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston ikkinchi, O‘zbekiston esa 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan kuchli uchlikdan joy oldi. Chempionat g‘oliblari 300 ming AQSH dollari, kumush medal sohiblari 150 ming, bronza medal egalari esa 75 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика