1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi

U qozog‘istonlik raqibini 4:1 hisobida mag‘lub etgan.

Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi

 

Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Saken Bibosinovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

 

O‘zbekistonlik bokschilar Iordaniya poytaxti Ammondagi kattalar o‘rtasidagi bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda.

 

Do‘stmatov g‘alaba orqali JCh-2021dagi mag‘lubiyat uchun revansh olgan. U uchinchi bor Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi.

 

Eslatib o‘tamiz, musobaqalar 13-noyabrgacha davom etadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 13 nafar, ayollar terma jamoasi esa 10 nafar bokschi bilan musobaqada ishtirok etmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика