1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hasanboy Do‘smatovdan navbatdagi g‘alaba

Bokschi Meksikadagi musobaqani muvaffaqiyatli yakunladi.

Hasanboy Do‘smatovdan navbatdagi g‘alaba

 

Meksikada bo‘lib o‘tayotgan musobaqada o‘zbek sportchilari Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorov professional boksdagi navbatdagi g‘alabalariga erishdi.

 

Do‘smatov Meksikadagi boks oqshomida raqibi meksikalik Moyzes Guterresni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

 

Xoldorov esa meksikalik tajribali raqibi Ramon Baraxasga qarshi to‘liq 6 raund harakat qildi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlangani xabar qilingandi.

 

Javohirbek TURSUNOV

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика