1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Hasanboy Do‘stmatov chempionlik kamari uchun jang qiladi

U tailandlik bokschiga qarshi ringga ko'tariladi.

Hasanboy Do‘stmatov chempionlik kamari uchun jang qiladi

 

Birinchi o‘ta yengil vaznda (47,6 kg) jang qiluvchi Hasanboy Do‘stmatov WBA kamari uchun jang qiladi. WBA tashkiloti minimal vazn toifasida jahon chempioni Tammanu Niyomtrongning navbatdagi himoya jangiga buyruq bergan edi.

 

Tailandlik chempionga o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov raqiblik qiladi. Tashkilot fevral oyida ikki tomon kelishuvga erishishi uchun 30 kun muhlat bergan edi. Muddat allaqachon yakuniga yetgan bo‘lsa-da, tashkilotning bu haqida rasman maʼlumoti kechikdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Do‘stmatovning jamoasi jangni Olimpiadadan keyin o‘tkazishni so‘rab, iltimosnoma kiritgan. Tashkilot esa bu so‘rovni maʼqullagan. Niyomtrong jamoasi ham bunga rozi bo‘lgan. Tailandlik bokschi endilikda ixtiyoriy himoya jangini o‘tkazadi. Hasanboy Do‘stmatov hamda tailandlik bokschi o‘rtasidagi jang sanasi hozircha noma’lum.

 

Ma’lumot uchun, Hasanboy Do‘stmatov Rossiyaning Xabarovsk shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha “Konstantin Korotkov xotira turniri”da g‘alaba qozongan edi. U finalda hamyurti Shahzod Muzaffarovni mag‘lubiyatga uchratdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика