Xitoy va amerikalik olimlar havo ifloslanishi tufayli yiliga 1 million bola o‘lik tug‘ilishini aniqladi.
Ularning tadqiqotlari natijasi Nature jurnalida chop etildi. Ular birinchi marta havodagi mikrozarralarning yuqori konsentratsiyasi homilaga qanday taʼsir qilishini o‘rgandi.
Olimlar guruhi 1998-2016 yillarda 54 ta past va o‘rta daromadli davlatda qayd etilgan 45 mingta tug‘ruq holatini o‘rganib chiqdi.
Olingan maʼlumotlar Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlariga tatbiq qilindi.
Maʼlumot uchun, aynan shu davlatlar hissasiga chaqaloqning o‘lik tug‘ilish holatlarining 98 foizi to‘g‘ri keladi.


