1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Havo sovuq: maktablar onlayn taʼlimga o‘tkaziladimi?

Energetika vaziri o‘quvchilarni onlayn taʼlimga o‘tkazish, maktablarni issiqlik va elektr energiyasidan vaqtincha uzish masalasiga oydinlik kiritdi.

Havo sovuq: maktablar onlayn taʼlimga o‘tkaziladimi?

 

Energetika vaziri o‘quvchilarni onlayn taʼlimga o‘tkazish, maktablarni issiqlik va elektr energiyasidan vaqtincha uzish masalasiga oydinlik kiritdi.

 

Taʼlim muassasalarida issiqlik taʼminotini to‘liq taʼminlash imkoniyati yaratilgan. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov maʼlum qildi.

 

Energetika vaziri o‘quvchilarni onlayn taʼlimga o‘tkazish va maktablarni issiqlik va elektr energiyasidan vaqtincha uzish masalasiga oydinlik kiritdi. Qayd etilishicha, hozirda bunday masalalar o‘rganilmoqda.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, maktablar issiqlik tizimidan uzilgan taqdirda ham, tizimlar muzlab qolmasligi yoki "avariya"viy holatlar kelib chiqarmasligi uchun qandaydir isitish tizimlari faoliyat ko‘rsatib turishi kerak bo‘ladi.

 

“Masofaviy taʼlimni berish uchun ham o‘qituvchi ish joyiga kelib, dars tayyorlashi, tegishli infrastrukturadan foydalanishi kerak. Bunday cheklov kiritishni hojati yo‘q. Chunki hozirgi kundagi maktab, ayniqsa taʼlim muassasalariga yaratib berilgan sharoit, u yerda ko‘rilgan choralar issiqlik taʼminotini to‘liq taʼminlash imkoniyatini beradi”, — deydi Jo‘rabek Mirzamaxmudov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика