1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Havoni ifloslantirganlik uchun javobgarlik belgilandi

Ekologik qoidalarni buzgan qurilish kompaniyalari jazolanadi.

Havoni ifloslantirganlik uchun javobgarlik belgilandi

 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun Senat tomonidan ma’qullandi. Ushbu o‘zgarishlar qurilish maydonlarida atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan.

 

Amaldagi shaharsozlik qoidalarida chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytirish uchun maxsus suv tizimlaridan foydalanish belgilangan. Biroq, shu kungacha havoni ifloslantirish uchun aniq javobgarlik choralari belgilanmagan edi.

 

Endilikda, atmosfera ifloslanishi belgilangan me’yorlardan oshsa, huquqbuzarlarga 10 bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida jarima solinadi. Agar qonunbuzarlik bir yil ichida takrorlansa, jarima 50 BHMgacha oshiriladi.

 

Mazkur tartibga rioya etilishini nazorat qilish va qoidabuzarlarni javobgarlikka tortish vazifasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi zimmasiga yuklatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика