1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Haydovchi “Labo” yukxonasida farzandlarini maktabga olib bordi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Haydovchi “Labo” yukxonasida farzandlarini maktabga olib bordi

 

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Labo” haydovchisi mashinaning yukxonasiga farzandlarini mindirib harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.

 

Voqea Toshkent viloyatida kecha, 6-sentabr kuni sodir bo‘lgan, farzandlarini “Labo” mashinasining yukxonasiga mindirib harakatlangan erkakka chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat YHXX axborot xizmati xabar berdi.

 

Viloyat YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan.

 

Shuningdek, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun haydovchi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, elektron tarzda hujjatlar rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga haydovchi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

 

«Mashinamda farzandlarimni maktabga olib borayotgandim, chunki maktab sal uzoqroqda, ichkari mahallada, 1 kilometr 600 metr kirib-chiqishga texnika qatnamagani sababli, ham yonimda dadam o‘tirgani uchun yukxonaga mindirishga majbur bo‘ldim. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi», — degan haydovchi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика