1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Haydovchi o‘zini mashinadan nega otdi?

IIV Ohangaronda sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Haydovchi o‘zini mashinadan nega otdi?

 

Ohangaronda mashinasi jarima maydoniga olib ketilayotgan haydovchi o‘zini avtomobildan tashlab yubordi.

 

Joriy yilning 20-may kuni Toshkent viloyati Ohangaron tumani O‘zar qishlog‘i hududidan o‘tgan “Nurafshon-Ohangaron” avtomobil yo‘lining 52-kilometrida Ohangaron yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, “VAZ-2121” rusumli davlat raqami 10 N 526 YEA bo‘lgan avtomashina YHXB inspektorlari tomonidan tekshirish uchun to‘xtatilganda, haydovchi 1995 yilda tug‘ilgan G‘.Sh.ning ushbu avtotransportni boshqarish uchun meʼyoriy hujjatlari yo‘qligi maʼlum bo‘ldi.

 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 1-qismi bilan elektron maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinani vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirish uchun, YHXB inspektori boshqaruvida olib ketilayotganida o‘zini mashinadan tashlab yuborgan.

 

YHXB inspektorlari tomonidan fuqaro G‘.Sh.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

 

Shifoxonada unga “Bosh miya ochiq jarohati, bosh miya qon quyilishi og‘ir holati, bosh miya siljib sinish” tashhisi qo‘yilgan.

 

Fuqaro G‘.Sh. Toshkent shahrida joylashgan 39-sonli shifoxonada ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan 6 iyun kuni soat 23:00 larda vafot etgan.

 

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика