1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berildi

Unda bir qator shaxslarga yordam beriladi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasiga start berildi

 

Adliya vazirligi axborot xizmati 2024 yilning 20 yanvaridan 20 martiga qadar huquqiy aksiya o‘tkazilishini ma’lum qildi. Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:

 

  • Tug‘ilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslar;

  • Yaqin qarindoshining o‘limi qayd etilmagan shaxslar;

  • Tug‘ilganligi yoki yaqin qarindoshining o‘limi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim bo‘lgan shaxslar;

  • tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;

  • ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.

 

Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:

  • qayd etilmagan tug‘ilganlik va o‘lim holatlari respublika miqyosida xatlovdan o‘tkaziladi;

  • fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya bo‘limlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;

  • sayyor qabullar tashkil etiladi.

 

Natijasiga ko‘ra, mazkur shaxslarning:

  • tug‘ilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi;

  • yaqin qarindoshlarining o‘limi qayd etilib, guvohnoma (ma’lumotnoma)lar beriladi;

  • tug‘ilish yoki o‘lim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tug‘ilish (o‘lim) qayd etib beriladi;

  • tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashiladi;

  • ko‘chmas mulklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика