1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

HGT ilovasi xususiy tadbirkorga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi

HGT mobil ilovasi, ilgari Energetika vazirligi va Hududgazta’minot tomonidan ishlab chiqilgani aytilgan bo‘lsa-da, hozirda xususiy tadbirkor tomonidan boshqarilayotgani ta'kidlandi.

HGT ilovasi xususiy tadbirkorga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi

 

So‘nggi kunlarda ayrim fuqarolar tomonidan “HGT” mobil ilovasi bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi.

 

“Hududgaztaʼminot” AJ hamda UIC o‘rtasida dastlabki kelishuv doirasida “HGT” mobil ilovasi 2024-yilda test rejimida ishga tushirilgan. Biroq, mazkur dastur bo‘yicha yakuniy kelishuv kuchga kiritilmagan. Shu bois, hozirda ilova mustaqil korxona tomonidan boshqarilmoqda va undagi xizmatlar “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tartibga solinmaydi.

 

Aholi uchun gaz isteʼmolini nazorat qilishning rasmiy va bepul imkoniyatlari to‘liq mavjud.

 

Jumladan:

  • hududgaz.uz rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali kunlik va oylik isteʼmol, to‘lovlar hamda boshqa maʼlumotlarni kuzatish mumkin.
  • “MyGov” mobil ilovasidagi “Mening uyim” bo‘limida isteʼmol ko‘rsatkichlari ochiq taqdim etiladi.
  • “Soliq” mobil ilovasi hamda barcha mobil to‘lov ilovalari orqali oylik gaz isteʼmoli, bazaviy meʼyor doirasidagi miqdor, hisoblagichning so‘nggi ko‘rsatkichi va to‘lovlar bo‘yicha maʼlumotlar mavjud.

 

Shu bilan birga, gaz isteʼmoli bo‘yicha barcha maʼlumotlar Idoralararo integratsiya platformasida jamlangan bo‘lib, u bilan integratsiya o‘rnatmoqchi bo‘lgan tashkilotlar amaldagi tartib asosida murojaat qilishlari lozim.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика