1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindiston Armanistonga boshqariladigan raketalarini yetkazib berishni boshladi

2024–2025 yillar uchun esa ikki davlat o‘rtasida umumiy qiymati 600 million dollarga teng yangi qurol-aslaha shartnomalari imzolangan.

Hindiston Armanistonga boshqariladigan raketalarini yetkazib berishni boshladi

Hindiston Armanistonga Pinaka turidagi boshqariladigan raketalarining ilk partiyasini jo‘natdi. Bu haqda Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx ma’lum qildi. Uning aytishicha, raketalar Nagpur shahrida joylashgan Solar Defence and Aerospace Limited (SDAL) zavodidan Armanistonga yuborilgan.

 

Hindu Business Line nashrining xabar berishicha, avvalroq Armaniston Hindiston bilan to‘rtta Pinaka tizimi batareyasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Kelishuv doirasida ko‘p stvolli reaktiv tizimlar uchun boshqariladigan raketalar hamda boshqa turdagi mudofaa uskunalarini eksport qilish ham nazarda tutilgan.

 

Pinaka tizimlarining uchirish qurilmalarini yetkazib berish 2023-yil iyul oyida boshlangan bo‘lib, 2024-yil noyabriga kelib to‘liq yakunlangan. Qayd etilishicha, 2022–2023 yillarda Hindiston qurol-yarog‘ eksportining 43 foizi aynan Armanistonga to‘g‘ri kelgan.

 

2024–2025 yillar uchun esa ikki davlat o‘rtasida umumiy qiymati 600 million dollarga teng yangi qurol-aslaha shartnomalari imzolangan. Ushbu bitimlar doirasida Pinaka tizimlaridan tashqari, gaubitsalar, tankka qarshi raketalar va antidron uskunalarini yetkazib berish rejalashtirilgan. Shuningdek, yaqin uch yil ichida Armaniston Hindistondan 90 ta ATAGS gaubitsasini xarid qilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirga qadar ularning olti tasi mamlakatga yetkazib berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика