1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi

Rossiya neftidan voz kechish evaziga AQSH Hindistonga nisbatan tariflarni 25 foizdan 18 foizgacha pasaytirdi.

Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida savdo va energetika sohalarida muhim kelishuvga erishilganini maʼlum qildi. Trampning aytishicha, Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga tayyorligini bildirgan, buning evaziga AQSH Hindistonga nisbatan boj tariflarini pasaytirgan. Bu haqda RBC xabar berdi.

 

Kelishuvga ko‘ra, AQSH Hindistonga qo‘llanilgan o‘zaro tariflarni 25 foizdan 18 foizgacha tushiradi. Mazkur savdo bitimi darhol kuchga kiradi. Tramp bu qarorni Modi bilan bo‘lgan do‘stona munosabatlar va ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik bilan izohladi.

 

AQSH prezidenti, shuningdek, Hindiston kelgusida AQSH va ehtimol Venesueladan neft xaridini oshirishga rozi bo‘lganini taʼkidladi. Uning fikricha, bu qadam Ukrainadagi mojaroni tugatishga qaratilgan xalqaro saʼy-harakatlarga hissa qo‘shadi.

 

Bitim doirasida Hindiston AQSHga nisbatan tarif va tarifsiz to‘siqlarni nol darajagacha tushirishga intiladi hamda energiya, ko‘mir va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z ichiga olgan 500 milliard dollardan ortiq qiymatdagi Amerika mahsulotlarini xarid qiladi.

 

Tramp Hindiston bilan munosabatlar kelgusida yana-da mustahkamlanishini qayd etib, Modi bilan hamkorlikni yuqori baholadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика