1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindiston Rossiyadan Su-57 qiruvchi samolyotlari va S-500 tizimlarini sotib olishni rejalashtirmoqda — Bloomberg

Agentlikning qayd etishicha, Moskva bilan potentsial kelishuv Nyu-Dehlining Vashington bilan kelishuvlarini murakkablashtirishi mumkin.

Hindiston Rossiyadan Su-57 qiruvchi samolyotlari va S-500 tizimlarini sotib olishni rejalashtirmoqda — Bloomberg

 

Bloomberg agentligining xabar berishicha, Hindiston Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 4–5-dekabr kunlari Nyu-Dehliga amalga oshiradigan davlat tashrifi chog‘ida yangi mudofaa bitimlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Muzokaralar beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotlari va zamonaviy S-500 raketaga qarshi mudofaa tizimining modernizatsiya qilingan versiyasini xarid qilish masalalarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda.

 

Manbalarning ta’kidlashicha, mazkur muzokaralar “Tramp ma’muriyati Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kamaytirishga intilayotgan bir vaqtda” ham rejalashtirilgan. Agentlikning qayd etishicha, bunday potentsial kelishuv Nyu-Dehlining AQSh bilan savdo va xavfsizlik sohasidagi aloqalariga ma’lum bosim o‘tkazishi mumkin.

 

Shu bilan birga, Hindiston mudofaa vaziri o‘rinbosari Rajesh Kumar Singx 28-noyabr kuni Rossiya prezidenti Putinning bo‘lajak tashrifi doirasida qo‘shimcha S-400 havo mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga oid masalalar ham muhokama qilinishi ehtimolini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “mavzu kun tartibidan chiqarilmaydi, biroq rasmiy bayonot kutmaslik kerak”.

 

Kremlning ma’lum qilishicha, Putin tashrifi davomida Rossiya–Hindiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, mudofaa, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi keng qamrovli strategik sheriklik masalalari, shuningdek, global va mintaqaviy dolzarb muammolar batafsil ko‘rib chiqiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика