Maʼlum qilinishicha, Gujarat shtatida Hindiston razvedka xizmatining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari qariyb 3 tonna geroin aniqlagan. Musodara qilingan giyohvand modda 2.7 millaird dollarga baholangan. Hindistonga geroin Eronning Bandar-Abbos porti orqali kirib kelgani tahmin qilinmoqda.
BBC mamlakatning yirik shaharlarida tekshiruv o‘tkazilganini maʼlum qilgan. Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida ikki kishi qo‘lga olingan. Shuningdek, bir qancha Afg‘oniston fuqarolari ham ishga jalb qilingan.
Afg‘oniston jahonning eng yirik giyehvand modda yetishtiruvchi davlatlaridan biri. Bu yerda opiy kukunining 90 foizi ishlab chiqariladi. Ushbu moddalarning yillik aylanmasi bir necha milliard dollarni tashkil etadi.
Jahongir Qo‘ziyev


