1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokati yuz berdi

Qurbonlar soni 233 kishiga, jarohatlanganlar esa 900 nafarga yetgani aytildi.

Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokati yuz berdi

 

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, uning vagonlarining bir qismi qo‘shni relslarga quladi va yana bir yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashdi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi. 

 

Bu Hindistonda asrning eng dahshatli temir yo‘l halokatidir. Rasmiylarning aytishicha, qurbonlar soni yana ortishi kutilmoqda.

 

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi voqeadan qayg‘uda ekanligini aytdi.

 

"Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda, jabrlanganlarga har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda", — deb yozdi u Twitter‘da.

 

Shtatda motam kuni eʼlon qilingan.

 

Hindistondagi eng dahshatli temir yo‘l halokati 1981 yilda sodir bo‘lgan, o‘shanda Bihar shtatidagi siklon paytida yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketib, daryoga qulagan va kamida 800 kishi halok bo‘lgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика