Hindiston g‘arbida mikroavtobus bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 23 kishi jarohatlandi.
Voqea Mumbaydan 350 km sharqda joylashgan tumanda sodir bo‘lgan. 35 kishini olib ketayotgan mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotdi, shundan so‘ng transport vositasi yo‘lda turgan axlat konteyneriga borib urilgan.
Halok bo‘lganlar orasida besh erkak, olti ayol va voyaga yetmagan bir qiz bor. Qolgan 23 nafar yo‘lovchi hozirda shifoxonada.


