1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hindistonda hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayollar vatanga qaytarildi

Ayollar 2021-yilda chegaradan noqonuniy tarzda o'tayotganida qo'lga olingandi

Hindistonda hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayollar vatanga qaytarildi

 

Avvalroq 2021-yilning oktyabr oyida Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotganda qo‘lga olingani sababli Hindistonda hibsda saqlanayotgan ayollar haqida xabar berilgandi.

 

“Dunyo”ning xabar berishicha, hibsda ushlab turilgan o‘zbekistonlik 3 nafar ayol O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik uch nafar ayol 2021-yil oktyabr oyida Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotganda qo‘lga olingan. Shundan so‘ng Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022 yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) to‘g‘risida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli hibsda ushlab turilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика