1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda kuchli yog‘ingarchilik sabab 17 kishi halok bo‘ldi

Yana 10 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

Hindistonda kuchli yog‘ingarchilik sabab 17 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar yangi vayronagarchilik to‘lqinini keltirib chiqardi. Tabiiy ofat natijasida 17 kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.

 

Bundan tashqari, kuchli toshqin Rispana va Bindal daryolaridagi ko‘priklarni yuvib tashlagan, bu esa jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

 

Viloyatdagi maktablar vaqtincha yopilgan, davlat idoralari faoliyati to‘xtatilgan. 

 

Shtat poytaxti Dehradun eng ko‘p zarar ko‘rgan. Rasmiylarning aytishicha, jabrlangan hududlar va uning atrofida qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика