1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistonda nomaʼlum virusdan 68 kishi vafot etdi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida so‘nggi bir hafta ichida nomaʼlum virusdan isitma qilib 68 kishi vafot etdi, ularning 40 nafari yosh bolalar. Bu haqda “The Times of India” nashri xabar bermoqda.

Hindistonda nomaʼlum virusdan 68 kishi vafot etdi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, faqat oxirgi 24 soat ichida 12 bola kasallik tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Kasal bo‘lganlarning ko‘pchiligida yuqori isitma, chanqash va qondagi trombotsitlar miqdori pasayishi, kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklar og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va limfa tugunlari shishishi kuzatilgan.

 

Infeksiyaning aksariyati Agra, Mathura va Firozobod tumanlarining qishloq joylarida qayd etilgan.

 

"Bu hududlarda vaziyat juda og‘ir. Kasallik tarqalishiga sanitariya va gigiyenana qoidalariga rioya qilmaslik sabab bo‘lgan", — deydi shifokorlardan biri.

 

Bemorlar koronavirus bilan kasallanganlar davolanayotgan shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan. Chaqaloqlarni davolash uchun kamida ikki hafta vaqt kerak bo‘lyapti.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика