Bu haqda RIA Novosti maʼlum qilmoqda.
Nipah virusi uchuvchi ko‘rshapalak va sichqonlar orqali yuqadi. Virus, odatda, kasal hayvondan so‘lak bilan zararlangan mevalarni isteʼmol qilgan odamlarga yuqadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu virusni dunyodagi eng xavfli viruslardan biri deb atagan, bu kasallikka qarshi dori -darmon yoki vaksina yo‘q, kasallikdan o‘lim darajasi 40 dan 75 foizgacha deya taʼkidlagan.
Avvalroq, nomaʼlum virus tufayli Hindistonda darslar bekor qilingani haqida xabar bergan edik.


