Hindistonning Himoloy tog‘larida yo‘l qurilishi bilan shug‘ullangan 57 ishchi qor ko‘chkisi ostida qolib ketdi. Xabarlarga ko‘ra, hozirgacha 16 kishi qutqarilgan, ammo 41 nafar ishchidan hamon darak yo‘q.
Mahalliy politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, qutqarilganlarning ahvoli og‘ir, ularga shifokorlar tibbiy yordam ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, qutqaruvchilar bedarak yo‘qolgan ishchilarni izlashda davom etmoqda.
Havo sharoitining murakkabligi ishni qiyinlashtirayotgan bo‘lsa-da, maxsus xizmatlar zarur holatlarda vertolyotlardan foydalanishga tayyorligini bildirgan. Qutqaruv operatsiyasi to‘xtovsiz davom etmoqda.


