Hindistonning Gujarat shtatidagi avtomat o‘yinlar markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Qurbonlar orasida to‘qqiz nafar bola ham bor.
Mahalliy politsiya yong‘inga aloqadorlikda gumon qilingan uch kishini, jumladan, o‘yin maydonchasi egasini hibsga oldi. Voqea joyida sakkizta o‘t o‘chirish brigadasi ishlamoqda, yong‘in nazoratga olingan.
Hozirda qutqaruvchilar vayronalarni tozalashga kirishgan, qurbonlar soni yana ortishi mumkinligi xabar qilinmoqda.


