1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Hindistondagi suv toshqinida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda ko‘chki va suv toshqinlariga olib kelgan musson yomg‘iri bir necha kundan beri to‘xtamayapti.

Hindistondagi suv toshqinida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

 

Ko‘chki va suv toshqinlariga olib kelgan musson yomg‘iri bir necha kundan beri to‘xtamayapti, deya xabar berdi Euronews.

 

Bu hafta Hindiston shimolida kuchli yomg‘irlar 100 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

 

O‘limlarning aksariyati Himachal-Pradeshning tog‘li shtatida qayd etilgan. U yerda kuchli suv toshqini avtomobillar, avtobuslar, ko‘priklar va uylarni olib ketgan, hududda sel ko‘chkilari sodir bo‘lgan.

 

Nyu-Dehlida Jamuna daryosi qirg‘oqlari bo‘ylab butun hududlar, jumladan, bir nechta hukumat binolari suv ostida qolgan.

 

Minglab odamlar evakuatsiya qilingan, maktab va kollejlar yopilgan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, bu Hindistonda so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli mussondir.

 

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, yaqin kunlarda mamlakatning shimoliy hududlarida yana yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика