Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Farhod Nazarovning xizmat uyini mebellar bilan jihozlashga tuman hokimligi 45,3 mln so‘m byudjetdan pul ajratgan.
Prokurorning uyini jihozlashga hokimiyat pul ajratishi qanchalik qonuniy, mantiqiy yoki to‘g‘ri, bunisi hozircha nomaʼlum.
Farhod Nazarov bu lavozimga 2021 yil oxirrog‘ida tayinlangan. Undan oldingi prokuror Sardor Rajabboyev esa o‘z uyida obodonlashtirish xodimlarini majburan ishlatgani uchun ishdan olingandi.


