1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Hokimlik binosi yonida ikki nomaʼlum shaxs quroldan osmonga qarata o‘q uzdi

Ular o‘zlari ko‘rgan videolarga taqlid qilmoqchi bo‘lganini taʼkidlagan.

Hokimlik binosi yonida ikki nomaʼlum shaxs quroldan osmonga qarata o‘q uzdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati hokimligi binosi oldida yuziga niqob taqqan ikki nomaʼlum shaxs osmonga qarata quroldan o‘q uzgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur video avgust oyida tasvirga olingan bo‘lib, 7 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

 

Aniqlik kiritilishicha, Navoiy shahar IIB jinoyat-qidiruv bo‘limi hamda profilaktika inspektorlari tomonidan jamoat tartibini buzgan shaxslar qo‘lga olingan.

 

Qo‘lga olinganlarning birini taʼkidlashicha, ularni hech qanday yomon maqdsadi bo‘lmagan. Ular o‘zlari ko‘rgan videolarga taqlid qilmoqchi bo‘lgan. Qilgan ishlari bunday oqibatlarga olib kelishini o‘ylamagan.

 

“Maska taqqan bilan topa olishmaydi deb o‘ylagandim. Lekin bu bir kunga ham bormadi. Qilgan ishimdan afsusdaman”, — deydi ulardan biri.

 

Qayd etilishicha, ashyoviy dalil sifatida olingan qurol o‘yinchoq ekani aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика