1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hokimlik Darxonda olib tashlangan yog‘och haykallar bo‘yicha maʼlumot berdi

Taʼkidlanishicha, loyihaga ko‘ra, monumentlar butun holatda joyiga qaytarilishi ko‘zda tutilgan.

Hokimlik Darxonda olib tashlangan yog‘och haykallar bo‘yicha maʼlumot berdi

 

Toshkent shahar hokimligi Mirzo Ulug‘bek tumani “Darxon” mavzesidagi aholi dam olish maskani bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 17 sentyabr kuni “Darxon” kafesi ro‘parasidagi sobiq “Skazka” bog‘idagi yog‘och monumentlar olib tashlanayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Aholiga tanish bo‘lgan joyidan olinib, hududni to‘sish uchun tayanchlar paydo bo‘lgan. Aholi haykallar olib tashlanganidan xavotir bildira boshladi.

 

 

Poytaxt hokimligining maʼlum qilishicha, ko‘p yillar davomida ko‘rimsiz holatga kelib qolgan ushbu maskan, monumentlar va mavjud favvoralar mahalla fuqarolar yig‘ini bilan kelishilgan holda MDF Farmation MCHJ tomonidan qayta taʼmirlanadi.

 

 

“Markaziy, Mustaqillik shohko‘chasida joylashgan aholi dam olish maskanini tartibga keltirish ishlaridan xavotirga tushib, monumentlarni saqlab qolishda faollik ko‘rsatgan fuqarolarga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz. Hamda aslida, loyihaga ko‘ra bu monumentlar butun holatda joyiga qaytarilishi ko‘zda tutilganini maʼlum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.

 

“Biz haykallarni demontaj qilish jarayonida turli taxminlar va mish-mishlarga tarqalishi hamda shahar aholisini xavotirga solishiga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ydi. Darhaqiqat, poytaxtning boshqa hududlari qatori ushbu maskanda ham ish faqat aholining qulayligi va farovonligiga qaratilgan. Bu vaziyatdan biz tegishli xulosalar chiqardik”, — deya qo‘shicha qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика