1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Holand "Siti"dan ketadi

U Ispaniyada to'p tepmoqchi.

Holand "Siti"dan ketadi

 

“Manchester Siti” to‘purari Erling Holand klubdan ketishi mumkin. Norvegiyalik hujumchi Ispaniya chempionatida to‘p tepish fikridan qaytgani yo‘q. 24 yoshli futbolchiga “Real” va “Barselona” qiziqish bildirmoqda.

 

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va jamoa yetakchisi Ilkay Gyundog‘an Holandga agar La Ligaga bormoqchi bo‘lsa, qaysi jamoani tanlash bo‘yicha tavsiya berdi.

 

"El Chiringuito" nashri jurnalisti Jota Jordining yozishicha, ular Holanddan “Barselona”ni tanlashni so‘ramoqda. Ular buni Erling Holand Kataloniya klubida asosiy yulduz bo‘lishi bilan izohladi. “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa, Erlingga asosiy yulduz maqomi berilmaydi, sababi Madrid klubi yulduzlar bilan to‘lib toshgan.

 

Holandning APL klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика