1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari qisqartiriladi

 

Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-176-son qaroriga muvofiq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tuzilmalari maqbullashtiriladi

 

Bunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan jami 929 ta shtat birliklari, jumladan 707 ta hamda 2024 yil 1 avgust kunidan 222 ta shtat birliklari qisqartirilib, Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkaziladi.

 

Shtat birliklari qisqarayotgan maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimlariga amaldagi mehnat qonunchiligi doirasida ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish xatlari beriladi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq to‘lovlar amalga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limidagi ayrim shtat birliklarini qisqartirish bo‘yicha 2023 yil 19 iyul kuni vazir Hilola Umarova tomonidan 211-sonli buyruq ham imzolangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика