1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hukumatning parlamentga hisobotlarini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish taklif qilindi

Ayni daqiqalarda Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Hukumatning parlamentga hisobotlarini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish taklif qilindi

 

Hozirgacha komissiya aʼzolari tomonidan kelib tushyotgan takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, yig‘ilish qatnashchilari tahlillari tinglandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi aʼzosi Sharofiddin Nazarov ikki muhim masalada taklif berdi.

 

Birinchidan, hukumatning parlamentdagi chiqishlari masalasini konstitutsion mustahkamlab qo‘yish tavsiya qilindi. Bunda so‘nggi yillarda ijro hokimiyati vakillarining parlamentdagi chiqishlari tahlil qilindi.

 

Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

 

“Bu mamlakat siyosiy hayotida parlamentning rolini oshiradi. Parlament nazorati kuchayishiga sabab bo‘ladi”, – deb qayd etdi rais.

 

Ikkinchi taklif bola huquqlari bo‘yicha vakil saylanishi masalasini konstitutsiyada mustahkamlash masalasida bo‘ldi. Bu ham komissiya aʼzolari tomonidan maʼqullandi va ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga jo‘natildi.

 

Akmal Saidov 21 iyun kuni YUNESKO bilan hamkorlikda bola huquqlari bo‘yicha yirik tadbir o‘tkazishini maʼlum qildi. Unda 40 dan ortiq davlatlar konstitutsiyalarida bola huquqlarining aks etishi masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu borada yakuniy xulosa hamda takliflar beriladi.

 

Avvalroq Konstitutsiyaga o‘zgartirish bo‘yicha takliflar yuzasidan eng faol partiyalar maʼlum bo‘lgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика