1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Hyundai va Kia 200 mingdan ortiq elektromobillarini qaytarib olmoqda

Bunga sabab ulardagi texnik muammo ekani aytilmoqda.

Hyundai va Kia 200 mingdan ortiq elektromobillarini qaytarib olmoqda

 

Qayd etilishicha, ishlab chiqarishdagi xato tufayli privod kuchining yo‘qotilishiga olib kelishi, bu esa favqulodda holatlar xavfini oshirishi mumkin.

 

Kompaniyalar hozircha bu kabi holat qayd etilmagani, ular faqat nazariy jihatdan sodir bo‘lishi mumkinligi ma’lum qildi. Shu sababli, qaytarib olish kampaniyasi ro‘yxatiga kiritilgan avtomobil egalari quyidagi markalarning rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyurishga taklif qilinmoqda. Ro‘yxatga quyidagi modellar kiritilgan: Hyundai Ioniq 5 2022 - 2024, Hyundai Ioniq 6 2023 - 2025, Genesis GV60, GV70 va G80 2023 - 2024 va Kia EV6 2022 - 2024.

 

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Tesla kompaniyasi ham Xitoydan 1,6 milliondan, AQSHdan esa 1,8 milliondan ortiq elektromobilni chaqirib olishini e’lon qilgandi. Undagi muammoga ko‘ra, elektromobillarda dasturiy ta’minotning nosozligi xavfi tufayli oldingi yukxona to‘satdan ochilishi va haydovchining ko‘rish rakursini yopishi mumkin bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика