IBO xalqaro biologiya olimpiadasi 1990 yildan beri 20 yoshdan kichik talaba va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazib kelinadi. Olimpiada biologiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bellashuvlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy qatnashchilarning eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 foizi oltin medal bilan taqdirlanadi. 32-xalqaro biologiya olimpiadasi bu yili Portugaliyada bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sharafini 4 nafar o‘quvchi yoshlarimiz himoya qildi. Umumiy natijaga ko‘ra, oltin medal bilan taqdirlangan 30 nafar g‘olib orasida 2 nafar O‘zbekistonlik ham bor. Jizzax pedagogika akademik litseyi o‘quvchisi Xumoyun Norbekov va Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva oltin medalni ko‘lga kiritishdi.
Yana bir Xalqaro fan olimpiadasida ham jamoalarimiz munosib ishtirok etishdi.
Jumladan, 27-Xalqaro matematika musobaqasi (IMS)da dunyoning 36 davlatidan yosh matematiklar ishtirok etdi. Kecha mazkur musobaqaning yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Musobaqaning yakka tartibda o‘tkazilgan bahslarida o‘quvchilarimiz 4 ta kumush, 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Yoshlar jamoasidan (key stage 2):
Kamolov Abdurashid - Kumush
Axtamov Ozod - Bronza
Kattalar jamoasidan (key stage 3):
Majidov Muhammadrizo - Kumush
Rajabboyev Lazizbek - Kumush
Raxmatov Anvar - Kumush
Suyunova Madina - Bronza
Jamoaviy bahslarda esa kichik yoshlilar jamoamiz 3 o‘rin (4 ta bronza) ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, katta yosh toifasida ishtirok etgan o‘quvchilarimiz 2 o‘rin (4ta kumush) ga munosib ko‘rildi.
Zamon.uz ijodkorlari barcha qatnashchilarni g‘alaba bilan tabriklab, keyingi ishlariga ulkan zafarlar tilaydi.


