1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ibrohim Haqqul 73 yoshida vafot etdi

Zamon.uz marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Ibrohim Haqqul 73 yoshida vafot etdi

 

Maʼlum bo‘lishicha, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Haqqul 74 yoshida vafot etgan. U 1949 yil 28 martda Buxoroning Shofirkon tumanida tug‘ilgan, 1966-1970 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tamomlagan.

 

Professor 1972 yildan hozirgacha Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida mehnat faoliyatini olib borayotgandi. Olim faoliyati davomida Abdulhamid Cho‘lponning «Bahorni sog‘indim» (1988), Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” (1991) majmuasini, shogirdi Sayfiddin Rafiddinov bilan hamkorlikda «Boqirg‘on kitobi» (1991), “Meʼrojnoma” (1995) kabi uzoq muddat nashr etilmagan asarlarni o‘quvchilarga yetkazgan. Qolaversa, u «Ahmad Yassaviy», «Kim nimaga tayanadi?», «Eʼtiqod va ijod», «Tasavvuf saboqlari» kabi risola va kitoblarini chop ettirgan.

 

Janoza 29-iyun kuni Buxoro viloyati Shofirkor tumani Talija qishlog‘ida peshin namozidan so‘ng o‘qiladi.

 

Avvalroq MTRK raisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov 49 yoshda vafot etgani haqida xabar berilgandi. U maʼlum muddat og‘ir xastalikdan davolangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика