1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ichimlik suvida ekin sug‘orib kelgan shaxs 3 yilga qamaldi

Holat Qashqadaryoda yuz bergan.

Ichimlik suvida ekin sug‘orib kelgan shaxs 3 yilga qamaldi

 

Joriy yilning 4-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudida shu tumanning Balxiyak qishlog‘ida yashovchi O‘.Abdullayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2010-yilda dehqon xo‘jaligi tashkil etgan bu fuqaro "Talimarjon-Muborak" magistral quvuriga d-76 mm lik quvur orqali noqonuniy ulanib, ichimlik suvidan ekinlarni sug‘orib kelgan.

 

"Qashqadaryo suv ta’minoti" MCHJ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida uning bu qilmishi fosh bo‘lib, jamiyatga 282 716 280 so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

 

Sud to‘plangan hujjatlar va tomonlarning ko‘rsatmalarini o‘rganib, O‘.Abdullayevga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Shuningdek, undan 282 716 280 so‘m zarar undiriladigan bo‘ldi va sud zalidan qamoqqa olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика