1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun kompensatsiya joriy qilindi

Profilaktika inspektorlarining faoliyati raqamlashtiriladi va gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun kompensatsiya joriy qilindi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi videoselektor yig‘ilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatlari uchun bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi. Shu bilan birga, aholi huquqlarini ta’minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura va sud-tibbiy ekspertiza markazlashgan tungi navbatchilik tizimi joriy etilishi, xorijiy tajribalar asosida dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yilishi topshirildi.

 

Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari hududidan qat’i nazar, fuqarolar murojaatini qabul qiladi va ko‘chada formali xodimga qilingan murojaat “102” xizmati orqali qayd qilinadi. Tumandagi barcha 55 ta mahalla profilaktika inspektorlari xizmat xonasi aloqa tugmasi bilan jihozlanadi, ularning aholi bilan bog‘lanishi tun-u kun ta’minlanadi.

 

Profilaktika inspektorlari uchun zamonaviy va qulay ko‘rinishdagi forma tayyorlanadi, ularning ishi raqamlashtiriladi va “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Tuman ichki ishlar tergov bo‘limida esa tergovga qadar tekshiruv guruhlari tuziladi. KPI belgilashda esa faqat protokol tuzish mezoni asos qilib olinmaydi.

 

Shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun amalda ishlaydigan shaklda yangilanishi, Ma’muriy javobgarlik kodeksi esa profilaktikaga yo‘naltirilgan holda takomillashtirilishi ta’kidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика