1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ichki yo‘nalishlarda “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi

Respublikadagi bir qator yo`nalishlarda qo`shimcha poyezdlar harakati yo`lga qo`yildi

Ichki yo‘nalishlarda “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi

 

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabariga ko‘ra, "Samarqand — Toshkent — Samarqand" va "Toshkent — Qarshi — Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi.

 

Maʼlum qilinishicha, 7-iyul kunidan 10 iyul kunigacha 767/768-sonli "Samarqand — Toshkent — Samarqand" yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

767-sonli "Samarqand — Toshkent" yo‘nalishi:

 

  • Samarqanddan jo‘nab ketish vaqti soat 11:09 — Toshkentga yetib borish vaqti soat 13:19.

 

768-sonli "Toshkent — Samarqand" yo‘nalishi:

 

  • Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti soat 13:40 — Samarqandga yetib borish vaqti soat 15:48.


Shuningdek, 10-iyul kuni 780/779-sonli "Toshkent — Qarshi — Toshkent" yo‘nalishida ham “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha bitta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

 

780-sonli "Toshkent — Qarshi" yo‘nalishi:

 

  • Toshkentdan jo‘nab ketish vaqti soat 07:00 — Qarshiga yetib borish vaqti soat10:21

 

779-sonli "Qarshi — Toshkent" yo‘nalishi:

 

  • Qarshidan jo‘nab ketish vaqti soat 15:25 — Toshkentga yetib borish vaqti soat 18:50.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика